Очистить

Foydalanuvchilarining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda kutubxonalararo abonement yo‘li orqali olib borilgan ishlar monitoringi
27.09.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi fondida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni foydalanuvchilar talabiga asosan hududlardagi axborot-kutubxona muassasalari fondidan vaqtinchalik so‘rab olish (Kutubxonalararo abonement) yo‘lga qo‘yilgan.

“Qozog‘iston-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi
27.09.2019

2019 yil 25 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Qozog‘iston-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbir O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida va kutubxonalar o‘rtasidagi professional hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga muvofiq o‘tkazildi.

Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan “Turizm - taraqqiyotning qudratli omili” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
27.09.2019

2019 yil 27 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kashfiyot” o‘qish zalida Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan “Turizm -  taraqqiyotning qudratli omili” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi va shu sanaga bag‘ishlangan xujjatli film namoyish etildi. Ko‘rgazmada sayyohlikni targ‘ib qiluvchi, foydalanuvchilarni mamlakatimizning har bir mintaqasining o‘ziga xos tarixi, urf-odatlari, sayyohlik salohiyati va madaniyati bilan tanishtiruvchi adabiyotlar va foto suratlar taqdim etilgan.

E’LON
27.09.2019

2019 yil 30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi veb-saytida profilaktik ishlar o‘tkazilishi munosabati bilan saytdan foydalanish imkoniyati vaqtincha cheklanadi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ma’muriyat

E’LON
27.09.2019

2019 yil 30 sentyabrda profilaktika va tozalash kuni va 1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.

 

Ma’muriyat

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM