Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Yangi o‘quv yili – yangi foydalanuvchilar

Yangi o‘quv yili – yangi foydalanuvchilar
19.09.2019

Har yili yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ro‘yxatdan o‘tuvchilar soni keskin oshib bormoqda. Milliy kutubxonaga odatda kuniga 120-150 kitobxon a’zo bo‘lsa, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan esa kuniga 250-350 kitobxon a’zo bo‘lmoqda. Ro‘yxatdan o‘tayotgan kutubxona foydalanuvchilariga kutubxona faoliyati, yangiliklaridan xabardor bo‘lishlari uchun @natlib.uz. manzili orqali telegramm-botiga ulanishlari tavsiya etilmoqda. Bugungi kunda Milliy kutubxonaga umumiy a’zo bo‘lganlar soni 235 025tashkil etadi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM