Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan “Turizm - taraqqiyotning qudratli omili” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan “Turizm - taraqqiyotning qudratli omili” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
27.09.2019

2019 yil 27 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kashfiyot” o‘qish zalida Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan “Turizm -  taraqqiyotning qudratli omili” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi va shu sanaga bag‘ishlangan xujjatli film namoyish etildi. Ko‘rgazmada sayyohlikni targ‘ib qiluvchi, foydalanuvchilarni mamlakatimizning har bir mintaqasining o‘ziga xos tarixi, urf-odatlari, sayyohlik salohiyati va madaniyati bilan tanishtiruvchi adabiyotlar va foto suratlar taqdim etilgan.

O‘zbekiston zamini qadimdan Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi ulkan salohiyatga, tabiiy, tarixiy va madaniy boyliklarga, go‘zal an’ana va urf-odatlarga ega hudud sifatida dunyo e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan ajdodlarimiz yetishib chiqqan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Bugungi kunda mamlakatimiz nafaqat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalarda, balki turizmda ham yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod madaniy meros ob’ektlari, noyob tarixiy yodgorliklar, qadimiy me’morchilik va madaniyat obidalari mavjud. Har yili minglab sayyohlar Sharq gavhari – Samarqandni, qadimiy Buxoroni, go‘zal Toshkentni va Xiva ochiq muzeyini ziyorat qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradilar. O‘zbekiston xorijiy sayyohlarni nafaqat dunyoga mashhur o‘zbekona mehmondo‘stligi, qadimiy va zamonaviy me’morchilikning noyob yodgorliklari, balki mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhiti bilan ham o‘ziga jalb etmoqda.

“Turizm -  taraqqiyotning qudratli omili”  deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada O‘zbekistonning turli mintaqalari tabiati, tarixiy yodgorliklari, maqbaralari va ziyoratgohlari tasvirlangan kitoblar taqdim etilgan. Ularda respublikamizning har bir etnik tarkibiga xos bo‘lgan milliy urf-odatlar, liboslar, an’analar haqida boy ma’lumotlar berilgan. Ko‘rgazmaning katta qismi istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan bo‘lib, undagi kitoblar O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmasi, xalq farovonligi va ma’naviy-madaniy hayoti haqida ma’lumot beradi.

“Turizm -  taraqqiyotning qudratli omili” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydadalanuvchlar “O‘zbekiston tabiati”, “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbekiston”, “Navoiy”, “Toshkent – islom madaniyati gavhari”, Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlar bilan batafsil tanishtiruvchi kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM