Bosh sahifa > YANGILIKLAR > “Qozog‘iston-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi

“Qozog‘iston-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi
27.09.2019

2019 yil 25 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Qozog‘iston-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbir O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida va kutubxonalar o‘rtasidagi professional hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga muvofiq o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabaeva mehmonlarni kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bilan qutlar ekan, “Qozog‘izston va O‘zbekistonning madaniy aloqalari uzoq o‘tmishda turkiy sivilizatsiya davrida shakllanganligi, kutubxonalar o‘rtasidagi kasbiy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish uchun yangi imkoniyatlar va madaniy – gumanitar hamkorlikning yanada rivojlanishiga, qozoq adabiyoti bilan tanishishga turtki beradi, shuningdek kutubxona hamkorligini rivojlanishida yangi bosqichni boshlab beradi”, - deb  ta’kidladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Q.Tursunov so‘zga chiqib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqli asosda rivojlanib borayotgani, Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqlarining tili, urf-odatlari va tarixiy ildizlari mushtarakligini va mazkur tadbir Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish uchun yana bir ajoyib imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Qozog‘iston Respublikasi elchixonasi maslahatchisi, taniqli o‘zbek yozuvchilarilari, davlat va adabiyot jamoatchiligi, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi qozoq millati vakillari, restavratorlar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Qozog‘iston Milliy kutubxonasi “Qozog‘iston kitoblari” xizmati rahbari M.Jarknalova samimiy qabul uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi va ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar to‘g‘risida so‘zladi. “Taqdimotda o‘rin olgan kitoblar Qozog‘iston tarixi, adabiyoti va madaniyati, Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti N.Nazarboev faoliyati xronikasi, shuningdek o‘tmish va xozirgi davrning taniqli arboblari asarlari hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi yangi adabiyotlardir”.

“Qozog‘iston-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” kitob ko‘rgazmasidagi  barcha kitoblar O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga hadya etildi.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM