Bosh sahifa > YANGILIKLAR > Foydalanuvchilarining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda kutubxonalararo abonement yo‘li orqali olib borilgan ishlar monitoringi

Foydalanuvchilarining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda kutubxonalararo abonement yo‘li orqali olib borilgan ishlar monitoringi
27.09.2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi fondida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni foydalanuvchilar talabiga asosan hududlardagi axborot-kutubxona muassasalari fondidan vaqtinchalik so‘rab olish (Kutubxonalararo abonement) yo‘lga qo‘yilgan.

Quyidagi diagrammada joriy yilning 9 oyi davomida foydalanuvchilar so‘rovi va ularning bajarilishi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan. Hududlar bo‘yicha jami 211ta axborot-kutubxona muassasalari bilan kutubxonalararo abonement xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv shartnomalari tuzilishi va ma’lumot almashinilishi natijasida foydalanuvchilar so‘roviga rad javobi berilish holatlari kamaymoqda.

Jadvalga asosan  Farg‘ona, Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazlarida kutubxonalararo abonement orqali xizmat ko‘rsatish ishlari ko‘rsatkichlari ortgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent shahri axborot-kutubxona markazlarida esa shu davr mobaynida hududlardagi muassasalar so‘roviga asosan hujjatlar berilgan, lekin so‘rab olinmagan.

KUTUBXONA TAVSIYA ETADI
TAQVIM